Меню

Показаны сообщения с ярлыком Ёдгор Обид. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Ёдгор Обид. Показать все сообщения

четверг, 12 декабря 2013 г.

Ёдгор Обид: Бир гапим бор эди...

www.milliyburch.com


Айтиб қўяй қулоғингизга,
Кўзёшларнинг таъмин биламан.
Ҳалқим йиғлаб турган чоғида -
Мен ҳам йиғлаб нима қиламан...

Ўлганим йўқ. Юрибман ҳамон -
Эллар кезиб... Қаддимни тутиб.
Юрт ҳолини хор кўрганим он -

пятница, 15 ноября 2013 г.

Ноҳақликлар устунлик қилаётган муҳитда яшаябмиз.




Ўз жонига қасд қилганларнинг ички ҳолатларини яҳши тушунаман. Бу ҳолатларни ўзим ҳам кўп марталар бошимдан кечирганман... Лекин ўз жонига қасд қилишни маъқулламайман. Ожизлик аломати деб ҳисоблайман.
Динимизда ҳам бу ишнинг маъқулланмаслигидан кейинроқ хабар топдим...
Оллоҳ сизга умрни вазифа сифатида берган ва ундан оҳирги нафасга қадар қўлингиздан келганча яҳшиликлар йўлида фойдаланиш тўғрироқ деган ҳулосага

четверг, 29 августа 2013 г.

Нимага Яҳудийларни ёмон кўрасиз?


Ортодоксальные евреи

Нимага Яҳудийларни ёмон кўрасиз?
Қизиғи, мен тушунаолмаган нарсалардан бири шундаки, яҳудий ҳалқини насронийлар ва бошқа бирқанча динларга эътиқод қилувчилар ҳам кўп иғво қилганлар ва фақат иғво билан чекланмаганлар. Тарихда турли мамлакатларда турли баҳоналар билан кўп марталаб қирғин қилинганлари маълум. Уларнинг баҳоналари асосан иккита: Бири - гўё Иусус ( Ийсо алайҳи с саломни қатл қилиш, иккинчиси эса дунёвийроқ - гўё дунё бойликларини эгаллаб олаётган эмишлар... Бу энди анча очиқ ва ўта мантиқсиз даъво. Ҳозир қайси ҳалқда милиардерлар йўқ! Қолаверса, баъзи милиардер яҳудийлар ўз ҳалқига ёрдам бераётгани ҳақида кўп ёзилади. Бошқа ҳалқлар милиардерлари, айниқса, ўзбек милиардерлари эса, ўз ҳалқига ёрдам бериш у ёқда турсин, аксинча, кўпроқ эзиш ва ҳукмронлик қилишга интилаётганларини кўриб турибмиз. Яна бир мантиққа зид гап ҳам бор: Яъни яҳудий донолари

воскресенье, 14 апреля 2013 г.

Хайкаллар юрибди Ўзбекистонда........



Аламлар зўридан дийдалар қотди,
Руҳга жо орзулар қолди армонда.
Хокисор танларни босиб ва янчиб -
Хайкаллар юрибди Ўзбекистонда.

Кўзи - тош. Кўкси - тош. Оёқлари - тош,
Билмам бунёд этмиш қайбир сангтарош...
Гўдаклар додидан кийиб бошга тож -

четверг, 28 февраля 2013 г.

Ёдгор Обид: Сиз баҳордан...

( Баъзи тўдалар ва тўдабошиларининг "ёшларга йўл бериш - хато, уларни фақат бошқариш керак" мазмунидаги бемаъни даъволарига жавоб ўрнида)

Борлиқ - олий ҳукмдан бунёд,
Ўзгаради фасл ва дунё.
Кўзларингиз не учун ношод...
Сиз баҳордан қўрқасизми ё?

Тинглолмайсиз қушлар сайроғин,
Тонглар қутлар ўлканинг боғин.
Умид қучар ғунча дудоғин...
Сиз баҳордан қўрқасизми ё?

Шамол эсар ўзгача . сарин.
Эзилган руҳ очадир бағрин.
Олам яшил тортмоқда тағин...
Сиз баҳордан қўрқасизми ё?

Новдаларда ғунчалар ғужғон.
Очилмоққа излайди имкон.
Уларнингдир энди бу замон...
Сиз баҳордан қўрқасизми ё?

воскресенье, 27 января 2013 г.

Behzod Muhammadiy: Yodgor Obid haqida

20 yildan buyon xorijda yashayotgan isyonkor shoirni vatanga qaytish umidi hanuz tark etmagan. Turli muddatlar bilan 13 marta qamoqda o’tirib chiqqan shoir O’zbekistondan 1992-yilda chiqishga majbur bo’lgan.
Yodgor Obid adabiyot bo’yicha oliy tahsilni Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutida oldi. Sovet davrida ko’plab she’riy kitoblari nashrdan chiqqan. Xorijda ham bir necha kitobi chop etildi. Asarlari rus, ingliz, nemis va italyan tillariga tarjima qilingan. Shoir hozir Avstriyada yashab ijod qiladi. U haqiqiy adabiyot uchun zamon va makonning ahamiyati yo’q, deb hisoblaydi.

“Biz qandoq nazarda qaramaylik, baribir, 70 yillik adabiyotimiz tarixi sovet adabiyoti degan nom bilan bog’liq, - deydi u. - Albatta, juda ko’p qurbonlar bo’lgan. Biz ularni yaxshi bilamiz, taqdirlariga achinamiz. Masalan, Botu degan shoir bo’lgan bir vaqtlar. Moskva matbuoti uni O’zbekistonda yangi Pushkin tug’ilibdi, deb yozgan edi. Shu qadar mashhur bo’lgan. Sovet adabiyoti haqida gapirganda, hammani chetga supurib chiqarib tashlamasligimiz kerak. Bu biz tomondan qilingan vahshiylik bo’ladi. Vahshiylikka qarshi vahshiylik bilan kurashib bo’lmaydi. Masalan, G’ofur G’ulom butun vujudi bilan kommunist bo’lgan. Lekin shunday ekan deb biz uning nomini o’zbek adabiyotidan o’chirib tashlay olmaymiz. Bu o’zbek adabiyotining tarixi”.

​Yodgor Obid bolaligidan she’r yozadi. Bu unga onasidan meros o’tgan. Shoirlik orzuim, ammo unga hanuz erisha olganim yo’q, deydi u.

“Rahmatli onam g’azal yozganlar. Bu meros ozgina menga ham o’tgan. Kolxozning bir yillik hisobotlarida – kichkina bolaman – kolxoz raisi shundoq qo’ltig’imdan ko’tarib, stolga chiqarib qo’yardi-da, “O’qi, bolam” derdi. Men G’ofur G’ulomning “Sen yetim emassan” she’rini o’qiganimda, odamlar ho’ngrab yig’lashgan. Shu bolaligimdan she’r yozishni mashq qilaman va shoir bo’lishni orzu qilaman. Lekin hali shoir bo’ldim, deb aytolmayman”, - deydi u.

Shoirdan she’r nima, deya so’raymiz.


Yodgor Obid
​​“Men Yozuvchilar uyushmasida ko’p yillar adabiy maslahatchi bo’lib ishlaganman. O’sha yerda ishlab yurgan paytlarim nasriy asarlar yozadigan yozuvchilar, ko’pincha, she’riyat butunlay boshqa olam, she’r yozgan odam hikoya yoza olmaydi, hikoya yozgan odam she’r yoza olmaydi va yozmasligi kerak, chunki bular boshqa-boshqa ikki dunyo, deb aytishganini ko’p eshitardim. Men hurmat qiladigan katta shoirlardan biri “She’r – bu shior” degan edi. Shoir xuddi kommunistik shior ko’tarib yurgandek she’r aytishi kerak, deb targ’ib qilishardi. Bu mutlaqo noto’g’ri narsa. She’r shior emas. U inson qalbi bilan bog’liq. Inson qalbidan tug’iluvchi va inson qalbiga yo’l topib boruvchi narsa”, - deydi Yodgor Obid.

Tuzum va mafkuralar o’zgaradi, lekin asl adabiyot doim bir xil bo’ladi, deydi shoir. Uning aytishicha, adabiyot ahli og’ir sharoit va davrlarda ham bir-birini qo’llab, haqiqiy asarlar yarata olgan.

“Mirtemir domlaga e’tiqodim juda baland edi. U mahbus sifatida Belomorkanal qurilishida majburiy mehnatda bo’lgan. Kanal mahbuslar mehnati bilan qurilgan. Aytishlariga qaraganda, Maksim Gorkiy shaxsan o’zi Stalindan so’rab, Mirtemir domlani ozodlikka chiqarib olgan, degan gaplar bor. Men buni domlaning Mirjalol degan o’g’illaridan ham eshitganman.  O’sha paytda KGBning kaltagini yemagan birorta yozuvchi qolmagan. Lekin juda katta ishlarni qilgan olimlar bor. Masalan, Maqsud Shayxzodaning ishlarini, Shukrullo domlaning ishlarini tilga olish mumkin”, - deydi quvg’indagi o’zbek adibi.

Yodgor Obid nazarida, cheklov va tazyiqlar bo’lishiga qaramay, zamonaviy o’zbek adabiyotining eng gurkiragan davri sovet paytiga to’g’ri keladi.

“Qozoq yozuvchisi Sobit Muqonov Oybekning “Navoiy” romanini o’qiganda “Men Abayni yozib, ko’ldan dengiz yasadim, lekin Oybek dengizdan ko’l yasabdi”, deb aytgan ekan. Chunki sovet davrida adabiyotning to’g’ri ma’noda gurkirashiga yo’l qo’yilmagan. To’xtasin Jalolov degan yozuvchi bo’lardi. Rus bosqinchilariga qarshi kurashgan Qurbonjon dodxoh haqida “Oltin qafas” degan roman yozgani uchun 10 yil qamoqda o’tirib chiqqan. Shunga qaramay shu kitoblar, asarlar paydo bo’lgan paytlarni adabiyotimizning yuqori, gurkiragan davrlari deb aytishimiz mumkin. Lekin haqiqiy ma’noda gurkirashiga qoliplar, shablonlar yo’l bermagan”, - deydi shoir.

Qariyb chorak asrdan beri xorijda yashayotgan adib haqiqiy ozodlik va ijodiy erkinlik qanday bo’lishini chet elga chiqqandan keyin tushundim, deydi.

“Sovet davri sharoitida, muhitida o’sganmiz. O’sha davrning tarbiyasini olganmiz. Lekin men qo’limga dastlabki qalam olgan paytlarimda ham o’zimning erkinligimni saqlab qolishga harakat qilganman. Ko’p narsa qo’limdan kelmagan, albatta. Ko’p marta qamalishga ham to’g’ri kelgan. Lekin bunchalik erkin bo’lish mumkinligini men chet elga chiqqandan keyin ko’rdim”, - deydi u.

Bu yerda ijod erkinligi bor, ammo nashr qilish imkoniyatim cheklangan, deydi shoir. Shunga qaramay, Yodgor Obid ijoddan to’xtagani yo’q. Xorijda ham bir necha kitob chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Avstriyalik ijod ahli nazariga tushdi. Taniqli bastakor Tomas Turnxer shoirning nemis tiliga o’girilgan o’nta she’riga musiqa bastaladi.

“Men kelganimda tilni ham, lotin harflarini ham bilmasdim. Noshir ham izlagan emasman. Bu yerda avstriyalik do’stlarimiz so’rab turishadi, nima yozding, tarjima qilaylik, deb. Men bular bilan tanishishni istab, qidirib borgan emasman hech qachon. Ular o’zlari kelishyapti, taklif qilishyapti. Ruxsat so’ramasdan qilaveringlar, deyman. She’r bu qushga o’xshagan narsa. Qo’lingizdan uchib ketdimi, bo’ldi, siz unga xo’jayinlik qila olmaysiz. U o’z erkinligi bilan ketaveradi”, - deydi ijodkor.

Avstriyalik o’zbek shoiri Yodgor Obid ayni damda ikki tomlik yangi kitobini nashrdan chiqarish arafasida. Kitobning 200 ta she’rni o’z ichiga olgan birinchi qismi allaqachon o’z o’quvchilari qo’liga yetib borgan. Bu kitobni bugun AQShning Kongress kutubxonasidan ham topish mumkin.



УМИД ЮЛДУЗИ-ТАРИХИЙ КИТОБ. 5-том учун


Ёдгор Обид: Гоҳида ҳайрон...
Гоҳида ўз ҳолимга қоламан ўзим ҳайрон,
Билмам, дунё ишларин қачон англаб етаман...
Тақдир шумликларидан бошим қотар ҳарзамон...
Нодон бўлиб туғилдим. Нодон бўлиб кетаман.

Золим кимдан туғилган, Мазлум қайдан туғилган?
Ҳарбирин ўз - ўзимча гўё таҳлил этаман.
Бари бир ақлим етмас. Ўйларим ҳам бўғилган...
Қандай кўз очган бўлсам, шундай қолиб кетаман.

Жонимни кўп қийнадим. Ёндим. Ўтларга урдим.
Юрт тақдири аслида шундай бўлса нетаман.
Неча йиллар зулмга кўксимни тутатурдим,
Наҳот қолган умрим ҳам нолиб - нолиб ўтаман...


Ҳаёт ўзи шундайми? Тузалмасми у энди?
Оғир хаёлларимни энди қайга элтаман...
Ҳисларимни қорага уйқайди қора туйғу.
Ўйлай - ўйлай ўйлардан гоҳо толиб кетаман.

Боридан жудо бу эл ўз ҳолидан бехабар,
Куйиб айтдим ҳар сўзим. Яна куйиб айтаман.
Билмам, нечун умримиз таҳдидлар таъқиб этар...
Кекса бўлиб туғилдим. Гўдак бўлиб кетаман