
Man hozir yozmoqchi bo'lgan gaplarimni nasixat deb o'ylamang. Bu mani hayot haqidagi tushunchalarim xalos. Va ularni o'rtoqlshishni lozim topdim.
Hayot xursandchilik, xafagarchilik, ko'z yoshlar-u kulgilar kabi tuyg'ularga to'la. Har qanday vaziyatda ham KUCHLI SHAXS BO'LING...
Hayot - insonga berilgan buyuk ne'mat, buyuk imkoniyat! Bu ne'matning sizga ato etilgan ulushini shunday yashangki, bir kun ortingizga qaraganizda FAQAT QUVONING...
DOIM SO'G'-SALOMAT BO'LING! Chunki tan-joningiz sog' bo'lsagina, hayot ne'matlari tatiydi. Sog'liq - bu katta boylik, cheksiz imkoniyat. Uni asrang...
Hayot to'siqlari unga urilib, yiqilib qolish uchun emas, balki ularni yengib o'tish uchun beriladi. HECH QACHON EGILIB QOLMANG! Egilsangiz ham yiqilganni turg'azish uchun egiling...
Har qanday mashaqqatlarni, qiyinchiliklarni imkoniyatga aylantirishga harakat qiling. Polyaklarda bir maqol bor:
HAYOT SENGA LIMON BERSA,
UNDAN LIMONAT TAYYORLA...
Hayotda FAQAT OLDINGA YURING! Ortizga burilib qarang, ammo ortga bir qadam ham tashlamang. Chunki unda endi baxt yo'q...
HECH QACHON "ZERIKDIM", "ZERIKYAPMAN" DEGAN SO'ZLARNI ISHLARMANG. “Hayot” so'zini anglamaganlar, vaqtini to'g'ri taqsimlay olmaydiganlarga xos bu so'zlar...
Oldingizga biror maqsad qo'ydizmi, bu maqsad yo'lida qarshingizdan tog' chiqsa ham CHEKINMANG, QAT'IYATLI BO'LING! Qiyinchiliklarni aylanib o'tmang, balki yengib o'ting...
Hech qachon "Men buni qila olmayman" demang. BU YOLG'ON... Inson ruhiyati juda-juda kuchli va u hamma narsaga qodir. "MEN BUNI QANDAY QILA OLISHIM MUMKIN" DEB O'YLANG...
Nima ishga qo'l urmang, sizni kuzatib turgan ILOH BORLIGINI HIS ETIB YASHANG. SIZ YOLG'IZ EMASSIZ...
DOIMO HARAKATDA,
IZLANISHDA BO'LING! To'xtab qolgan kunizdan boshlab orqaga qaytish boshlanadi. ASLO TO'XTAB QOLMANG...
Hech qachon o'ziz uchun yashamang. BU - xudbinlik,
ma'suliyatdan qochish, qo'rqoqlik... Sizni sevgan, sizga ishongan, suyangan
insonlar bor. Biror ishga qo'l urayotganingizda o'sha insonlarni ko'z oldizga
keltiring...
HECH QACHON KO'NGILLARGA OZOR BERMANG! Ko'ngilni
vayron qilish - Kabatullohni vayron qilgan kabi... Xatto Alloh kechirmaydi to
o'sha bandasi kechirmaguncha. Bundan saqlaning...
VA
DOIMO KULIB YURING (-_-) Har qanday vaziyatdan kulib turib chiqib
keting. Kulib yenging odamlarni va qiyinchiliklarni...
* * *
Shaxsiy fikr:
Man muhabbatni insonga qiyoslagan bo'lardim,
ya'ni u inson ichidagi inson... Uning ham joni bor, u ham xuddi insonlar kabi
(qalblarda) tug'iladi, yashaydi, noto'g'ri munosabat tufayli o'ladi yoki asrab
avaylashimiz natijasida bizga berilgan umrchalik umr ko'radi.
O'lgandan so'ng marmardan qabrtosh o'rnatib,
faryod urib, ko'klarga ko'tarib, she'rlar bitgandan ko'ra, muhabbatizni tirigida
qadriga yeting...
* * *
Dunyoda hamma narsa
özgaruvchan: insonni tashqi körinishidan tortib ichki olamigacha. Borliq,
borliqdagi jamiyki tirik jon, jonsiz buyumlar xatto özgarishda böladi...
Özgarmas biror narsa
bormikan?! Qiziq...
UMID. Ba'zan parchalanib meni ojiz, xarob holga
solasan. Vaqti kelib esa shu parchalaringdan sendan-da kuchliroq yangi
umidchalar tug'iladi. Meni yana shijoatga to'ldiradi. Bora-bora ular ham qariydi.
O'ladi. O'rniga o'rinbosar tug'ilaveradi.
Bugun yana o'lim to'shagidasan. Iltimos,
o'lma!!! Sensiz man xassasini yo'qotib
qo'ygan so'qirga aylanamankuuu...
Комментариев нет:
Отправить комментарий