Меню

четверг, 26 декабря 2013 г.

Нуриддин Зиё Туракулов: Аччик Хакикат




Tirikchilik qilish naqadar qiyin,
non deya betlari qotib yuribdi.
Bunchalik pastkashlik,qarang odamlar,
o'zi etini o'zi sotib yuribdi.
Uyat,or degani bari sandiqda.
Begona qo'ldan osh tatib yuribdi.
Sezdirmaslik mumkin
emas chandiqda,
o'z etini o'zi sotib yuribdi.
Par yostiqda uxlash butkul nasibmas,
tosh yostiqlarda ham yotib yuribdi.
Davlat pul barini uylari kuysin,
o'z etini o'zi sotib yuribdi.
Tanida to'qqiz oy ko'targani ne,
yonida er qurg'ur kotib,yuribdi.
Ularni ularni men nima ham dey,
o'z etini o'zi sotib yuribdi.
Qo'limga nonim ber yaratgan illo,
kimsalar toyishim kutib yuribdi.
Yaltirab ko'rinsa uzoqdan tillo.
O'z etini o'zi sotib yuribdi.
Farzand ulash tangrim munosib qilib,
xudo deb duoda bandang turibdi.
Yo'qsa bandalaring dilini tilib,
o'z etini o'zi sotib yuribdi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий