Меню

воскресенье, 1 сентября 2013 г.

Тилингизга Куйдурги Чикиб Колмасин.....



         Bugun jamiyatimizda ayniqsa yoshlar orasida o’zbek qizlari sha’niga yaxshi bo’lmagan gaplar aytilayotgani sir emas, bu judayam achinarli hol. Tarixga nazar solsak qay davr, qay asr bo’lmasin o’zbek ayollari o’zining sharqona statuslari bilan mashhur bo’lganlar.
Shu o’rinda juda ko’p bo’lsada eshitganingiz bir hikoyani keltirsam.
 “Qadim zamonda bir odil va oqil podshoh bo’lgan ekan. U qaysi davlatni bosib olmoqchi bo’lsa o’sha mamlakatga o’zining ayg’oqchilarini yuborar ekan. Bir kuni ikkita vazirini chaqiribdi va ikalalarini ikkita mamlakatga yuboribdilar va O’sha mamlakat erkaklarining ayollariga munosabatlarini bilib kelishini  tayinlabdilar, Vazirlar ketishibdi va olti oydan keyin qaytib kelishibdi so’ng ko’rgan bilganlarini aytibdilar. 1-vazir debdiki: “Men borgan mamlakatning aholisi ayollarni qattiq hurmat qilar ekan, ularga begona soyanida tushirmas ekanlar” .
2-vazir esa: “men borgan mamlakatning aholisi esa ayollarini hurmatlamas, himoyalamas, va sha’nlariga yaxshi
so’z aytishmas ekan” debdilar.
Shunda Podshoh “ Biz ikkinchi mamlakatga hujum qilamiz o’z ayollari sha’nini o’z shani deb bilmagan xalqda vatanni himoya qilish hissi ham bo’lmaydi’ debdilar” Alqissa, O’ylab gapiring, sizlar qizlar haqida aytayotgan har bir so’zingizda bizning, millatimizning, xalqimizning sha’ni masalasi turibdi!
         “Qizlar o’zgarib ketdi” mish?! Ey aziz inson, takror aytaman, Bizning biz o’zbek qizlarning fitratimizda mavjud bo’lgan poklikka, tozalikka, halollikka tosh otmang! Haqqingizda yo’q! Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Yomon niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
         To’g’ri guruch kurmaksiz bo’lmaydi. Lekin ayrim ayrim kurmaklarni gapirishdan oldin yon atrofingizga bir nazar soling, millati sha’nini o’z sha’ni deb, har bosgan qadamida o’zbeklik , milliylik ufurib turgan haqiqiy o’zbek qizlar borligiga ishonch hosil qilasiz...
         Begona nigohlar uchrab qolsa ko’zlarini yerga qaratgancha odimini tezlashtiradigan qizlarni yana qaysi o’lkadan topmoqchisiz?!
         Muhabbat deganda hayodan yuzlariga qizillik yuguradigan qizlar ayting yana qayda bor?!
         Tarozining bir pallasiga butun dunyoni, ikkinchi pallasiga oilani qo’ysangiz, har narsadan muqaddas deya oilani tanlovchi ayolu qizlar boshqa o’lkalarda bormikin a?!.....va hokazolar...

         Yondiradi sirli sirli qarashlari
         Tasadduq deb ahvolingiz so’rashlari
         Kimga yoqmas uzun ko’ylak kiyishlari
         Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga
         Havas qiling O’zbegimning qizlariga...




Berdiyeva Dilnavoz Toshkan qizi

Комментариев нет:

Отправить комментарий