HECHDAN KO'RA KECH YAXSHI yohud ILK INTEVYU HAYAJONI

2010-yildan buyon Fund Forum hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Kelajak ovozi” yozgi media oromgohi bu yil ham yurtimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh iqtidor egalarini o’z bag’rida jamladi, ularga ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi, erkin ijod qilishlari uchun imkon yaratdi. Albatta, bu borada yosh jurnalistlar o’z sohasining malakali mutahassislari tomonidan o’tilgan treninglar, o’quv mashg’ulotlari davomida nazariy bilimlarimizni oshirgan, jurnalistika sohasiga oid zaruriy ko’nikmalarni egallagan bo’lsalar, yurtimizda ko’zga ko’ringan, jurnalistika sohasida o’z qalamiga, o’z tanlagan yo’liga ega bo’lgan insonlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida esa ularning hayotiy tajribalari, jurnalistika sohasining o’ziga hos mashaqqati-yu, mas’uliyatli jihatlari haqidagi qimmatli fikrlardan tinglab, mazmunli suhbatdan baxramand bo’ldilar. Men hozir ana shunday ajoyib uchrashuvlardan biri, sport jurnalistlari Mirzahakim To’xtamirzayev, Davron Fayziyev, Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov, Bekzod Nazarovlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv, undan olgan olam-olam tassurotlarimiz haqida so’zlab bermoqchiman. Har bir sohada bo’lgani kabi, jurnalistikada, aynan sport jurnalistikasida ham o’ziga hos murakkabliklar, qiyinchiliklar bor. Aslida, ularni qiyinchilik deyishning o’zi notog’ri , chunki, o’z kasbini sevgan inson uchun bu qiyinchiliklar-u mashaqqatlar nazar-pisand emas. Bu ular uchun o’z sevgan kasbi-sevimli olamining bir bo’lagi. Mehmonlar qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan savollarga javob berarayotganlarida buning yaqqol ifodasini ularning yuz-ko’zlarida ko’rish qiyin emas edi. Ayniqsa, Mirzahakim To’xtamirzayevning uchrashuvga kirib kelishi bilanoq, “Assalomu alaykum hurmatli futbol ixlosmandlari”,- degan so’zlari hammaga yanada jo’shqinlik ulashdi. Mana shu uchrashuv davomida men qatori ko’pchilik tengdoshlarim o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar, yetuk ujurnalistkar bilan fikr-mulahaza almashdilar. Qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo’lgan ushbu uchrashuv nafaqat Media oromgoh qatnashchilarida, balki, mehmonlarda ham iliq taassurot qoldirdi shekilli, bu haqida Sport telekanali sharxlovchisi Davron Fayziyevdan so’raganimizda u savolimizga shunday javob qaytardi:
-Uchrashuv menga judayam yoqdi. Ajoyib muhitda, haqiqiy do’stona suhbat bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan savollar ham qiziqarli. Ana shu savollar orqali balki, sohamizga oid ba’zi kamchiliklar, ko’proq o’z ustimizda ishlashimiz kerak bo’lga jihatlarga yanada ko’proq e’tibor qaratish imkoniyati paydo bo’ldi. Fursatdan foydalanib tashkilotchilarga o’z minnatdorchilimni bildiraman va yosh jurnalist do’stlarimga omad tilayman.
Ushbu uchrashuv haqida Media oromgoh ishtirokchilaridan biri Eshmamatova Shohidaning esa fikri shunday:

Комментариев нет:
Отправить комментарий