Меню

пятница, 14 сентября 2012 г.

Ichkilikka qul bo`lganlar

Rossiyaning chekka shaharchalaridan birida Semyon ismli bir piyonista bor edi. U butun hayotini barbod qilgan yashashdan maqsadi esa faqat aroq ichish edi. Semyonning yoshi 40 dan oshgan yoshligida uydan qochib ketgan har qayerda og’rilik bezorilik qilgan 1-2 marta qamalib ham chiqqandi. Mana 15 yildirki umri faqat tilanchilik qilishu topgan puliga aroqxo’rlik qilish bilan o’tardi. U har hil hududlarda yurib tilanchilik qilib yashab yurardi. Yoz kunlarining biri havo juda issiq. Semyon odatdagidek tilanchilik qilib pul yig’di va aroq do’koniga kirib 1 shisha aroq olib ichdi. Kun rosa qizigan edi. Bir daraxzor xiyobonga kirdida daraxt tagida soya joyda uhlab qoldi. Oradan vaqt o’tib soya undan ketti . Semyon quyoshda qolib ketdi. Bir payt Semyon qattiq baqirib uyg’onib ketti. Ko’zini ochib qarasa hamma yoq jimjit tinchlik. Lekin nimagadur qo’llari qattiq qizarib ketgandi. Qo’lidan kuygan hid kelardi. Semyon atrofga bir nazar soldida ko’zini yumdi. U yana uhlashda davom etmoqchi edi. Lekin shu payt to’satdan Semyonning tanasida olov paydo bo’ldi. Butun vujudi ichlari bilan yondi. U qattiq baqirib o’rnidan turdi. Boshidan to oyoqlarigacha olovda qolgandi. Hatto baqriganda og’zidan ham olov chiqardi. Buni ko’rib atrofdagilar daxshatga tushishdi. Axir o’z o’zidan olov paydo bo’lgan edida. Odamlar yordamga kela boshlashdi. Lekin endi kech edi Semyonning tanasi kuyib kulga aylangandi. Atrofdagilar tez yordam va militsiya chaqirib bo’lgan voqeani o’z ko’zi bilan ko’rganlar guvoxlik berishdi. Semyonning jasadini ekpertizga olib ketishdi. Ekspertiza hech qanday yong’in havfini chiqaruvchi biror yonuvchi modda bor ekanligini topisha olishmadi. Qiziq Semyonda yonuvchi modda bo’lmagan bo’lsa qanday qilib olov paydo bo’ldi? Voqea joyini ham ekpertiza qilishdi. Hech qanday yong’in chiqarishi mumkin bo’lgan narsani topa olishmadi. Do’ktorlar Semyonning kuygan tanasidan teri va qon olib uni analiz qilishdi. Malum bo’lishicha Semyonning tanasida spirt va alkogol moddasi teri ostiga singib yig’ilib qolgan ekan. Yillar davomida tanada yig’ilgan spirt quyosh nuri tasirida qizib Semyonning sintetik kiyimidan chiqqan iskira natijasida reaksiyaga kirishib yonib ketgan degan hulosaga kelishdi. Azizlar bu real sodir bo’lgan voqea. Aroqning naqadar zararli ekanligini mana shu voqeadan ham bilsa bo’ladi. Balki hudoning qahri kelip unga shunaqa jazo bergandur kim biladi deysiz. Hullas aroq ichish insonga faqat zarar keltiradi. Bunaqa zararli odatlardan hammamizni asrasin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий