Меню

пятница, 14 сентября 2012 г.

Tuyg'ularni o'ynamang!

(yoxud zamonaning Romeo va Juliyetasi) JUDA QIZIQ
 

O'sha kun.
Sovchilar kelyapti uyimizga.
-Nima?
-Adam, boy oila ekan, sen ularga kelin bo'lasan deyapti.
-Sen rozi bo'ldingmi?
- Yo'q. Bu nima deganiz? Ustimdan kulyapsizmi?
-Jonim, yig'lamasangchi, hazillashdimu. Bo'ldi, bugunoq sovchilarni yuboraman. Qani endi bitta kulchi. Ha, ana shunday. Bilasanku, kulganingni ko'rsam, men hamma narsaga qodirman. Kel quchog'imga.

15-may.
- Adang sovchilani qaytaribdi.
- Meni o'sha tadbirkorning o'g'liga erga berishmoqchi. Oldinroq yuborishiz kerak edi sovchilarizi. Men u bolaga sirayam tegmayman, bildizmi! Undan ko'ra o'zimi o'ldiraman.
-Bunaqa gaplani gapirma sevgilim. Sensiz men nima qilaman? Ko'zlarimga qara! Menga ishonasanmi? Ishonsang, senga va'da beraman, hammasi yaxshi bo'ladi.

30-may.
- Allo, azizam seni xiyobonda kutyapman. Kel, senda muhim gapim bor.
-So'nggi 15 kunda qayerlarga yo'qolib ketdiz? Bilasizmi ertaga nima bo'ladi? Ertaga o'sha yigit bilan ZAGSdan o'tishimiz kerak. Menga hammasi yaxshi bo'ladi deb va'da bergandiz. Yolg'on gapirgan ekansiz.
-Vokzaldamisan, bunchalar shovqin? Asabiylashmagin, o'zi o'sha yigitni ko'rdingmi?
-Endi buning ahamiyati yo'q.
-Axir o'sha senga uylanishi kerak bo'lgan yigit...
- Sizni sevaman...
-...o'sha yigit... (*Menman* demoqchiydi yigit. Aloqa uzilib qoldi. Qayta qilingan seriyali qo'ng'iroqlarning birida telefonni notanish bir kishi ko'tardi)
-Allo!
-Allo kim bu? Menga telefoni egasi keragidi.
- Siz uning kimi bo'lasiz?
-Men...men uning eriman.
-Bardam bo'ling uka, ayoliz hozirgina o'zini poyezd ostiga tashladi.
-A...nima?
***Hech kimning tuyg'ulari bilan oynashmang, hech qachon!***

Комментариев нет:

Отправить комментарий