Меню

вторник, 11 сентября 2012 г.

Olloh yurakda

Svetlana Rakhimova
 ЎШ ҚИРҒИНИДАН: КУЙГАН ГУЛНИНГ НИДОСИга изоҳлардан
Yettinchi asr Qur'on va Hadislardan ta'lim olish qiyinroq bo'lsa kerak deb o'ylayman. Hayotdan ham ibrat olish kerak. Chunki Hayot bu Hudodan.
Men Facebookda hozirdayoq bir hikoyani o'qidim. Russiyada Kuban'da Ashot Grigoryan ismli bir yosh politsiyachi yigit o'zining dam olish kunida besh yashar qizaloqni muzdek sovuq daryodan qutqarib chiqarib olgan ekan. Qutqarilgan qizaloq hushsiz ekan. Ashot unga birinchi yo'rdam qo'rsatgan yuragiga massaj qilib va yasama dam solib. Shifokor tez yo'rdam kelguncha qadar qizaloq o'z hushiga kelgan ekan. Ashot esa o'z yo'liga qaytgan. Keyinchalik qizaloqning otasi politsiyaga minnatdorchilik xat yozgandan keyingina Ashotning qo'rsatgan qahramonligi ma'lum bo'lgan. So'raganda, "Mening o'rnimda xar qanday kishi shunday qilardi" debti.
Lekin, o'sha kuni daryo bo'yida ko'pchilik odam to'plashilgan ekan. Oralarida esa "xar qanday kishi" topolmabdi.
Olloh-Taolloh - Hudo - har birimizni yuragimizda bo'ladi, masjitda emas. Qiyinchiliklardan ro'yobga chiqishda, yovuzliklardan odamni halos qilishda faqat yurakka quvvat berib yo'rdam beradi.
Bu saxifangisda Mahatma Gandhining surati bor ekan. U kishi aitgan, "Hudoning dini yo'q". Din odamda bo'ladi Hudoda emas, degani. Hudo esa yurakda. Bu dahshatli hikoyada yovuz dushman o'shlik o'zbeklarning zayif tomonini topib, undan foidalanilgan. Afsus. Bu gaplarimiz bilan yordam bera olmaymiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий