Меню

пятница, 14 сентября 2012 г.

Muslima ayolning 10 sifati

Oila totuvligi, obro'-etibori, farzandlar kamoli,- hammasi ayollar qo'lida. Ammo bunga erishish onson emas. Quyida har tomonlama yetuk ayolning 10 bilan tanishamiz.....
1.Muslima ayol ALLOX taologa masiyat bo'lmagan barcha narsada erining rosiligini topishga harakat qiladi. Ummu Salama rosiyalloxu anhudan rivoyat qilinadi: <<Payg'ambar sollalloxu alayxi vassalam: <Qay bir xotin o'lsa-yu eri undan rozi bo'lsa, u jannatga kiradi>>, dedilar.
2. Xayotda eng go'zal fazilat qanoatdir. Risoladagi xotin o'zini bu fazilat bilan ziynatlamog'i darkor. Turli hoyu havas deb, zeb-ziynat talab qilib, erini qiyin ahvolga solish yaxshi emas.
3. Erga ihlos bilan hizmat qilish ham ayolning odoblaridan biridir. Ulug' imomlardan biri Jafari Sodiq: Bitta solixa ayol o'z eriga yetti kun hizmat qilsa, ALLOX uning qarshisidan do'zoxning yetti eshigini yopadi va jannatning sakkiz eshigini ochadi, degan edilar.
4. Xotin oilada amalarga odatlanishi lozim. Quron o'qish, axborotladan xabardor bo'lish, xaqiqatni himoya qilish shu jumladandir. Chunki oqila va marifatli ayol xamisha ezozda , etiborda bo'ladi.
5. Uyning saranjon-sarishta bo'lishi ham asosan xotin kishiga bog'liq. Uyining ziynat naqsh-nigorda emas, balki sarishtalik, totuvlik va mehr-muhabbatda ekanligini hech qachon unutmaslik kerak.
6. Xotin kishi o'z erini gunox ishlardan qaytargani savobli ishlarga undagani maqul.
Payg'ambarimiz MUXAMMAD (s.a.v.): <Mo'min banda ALLOXGA BO'LGAN IMONDAN KEYIN ERIRSHGAN ENG YAXSHI NARSA SOLIXA XOTIN BO'LIB, UNGA QARASA XURSAND QILADI VA ALLOXning amirini bajarishda yordam beradi>, degan edilar.
7. U o'z eriga har damda yaqin kishi, dardkash, maslahatchi bo'ladi. Uni sabirli bo'lishga , tushkun kayfiyatda bo'lgan kunlarida ko'nglini cho'ktirmay doim oldinga intilshga undaydi.
8. Ayol o'z erining yarin yordamchisi, ishonchli kishisi bo'lib hamma ishlarini tartibga solib turadi. Uning qilmoqchi bo'lgan ishlariga xurmat bilan qarashi kerak. Chunki u bu yerda rohat-farog'at topadi, xuzur ko'radi.
9. Ayol er xuzurid shirinsuhan, xushmuomla bo'lishi bilan birga, toza , chiroyli kiyngan, ziynatlanga holda yurishi kerak. Chunki bu narsa er qalbiga xursandchilik, ruhiga sokinlik kiritadi, qalbiga quvonch bag'ishlaydi.
10. Risoladagi ayol erinin oldida ham, ortidan ham obroyini , molini saqlaydi, sharafini muhofaza qiladi.
<<MUSHTARIY>>

Комментариев нет:

Отправить комментарий