Меню

понедельник, 8 июля 2013 г.

Bilmasboy Kimsanboydan maslahat suradi--Uyalmasdan



BMTTDning O`zbekistondagi Vakolatxonasi tegishli davlat idoralarining 10ta vakili uchun Gonkong va Singapur davlatlariga o`quv safarini tashkillashtirdi. Korruptsiyaga qarshi choralarni va tizimni takomillashtirish bo`yicha ilg`or tajribani o`rganish o`quv safarining asosiy maqsad qilib belgilandi. Shuning bilan bir qatorda safarda sud tizimining ochiqligi va mustaqilligini ta`minlash orqali inson huquqlari sohasidagi holatni yanada yaxshilashg tajribasi ham o`rganildi.
O`zbekiston BMTning korruptsiyaga qarshi Konventsiyasiga 2008 yilda va  Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi Istanbul Choralar Rejasiga 2010 yilda qo`shilib, korruptsiyaga qarshi qurashish yuzasidan munosabatini namoyon etdi.
Mazkur safarga O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Bosh Prokuraturasi, Adliya Vazirligi, Oliy Sud huzuridagi Tadqiqot
Markazi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi Institutining vakillari jalb etildi.
O`zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi ko`magida delegatsiya Singapur Parlamentining vakillari bilan bo`lgan qonunchilik va nazorat masalalari bo`yicha suhbatda qatnashdi. Shu kunning o`zida mehmonlar Singapur Oliy Sudi, Singapur Elektron hukumat bo`yicha Boshqaruvchilarni tayyorlash Markazi, hamda Singapur Bosh Prokuraturasining vakillari bilan uchrashishdi.
Tashrif davomida, delegatsiya vakillari korruptsiya qarshi kurashuvchi maxsus davlat organi bo`lgan Korruptsiyani Tergash Masalalari bo`yicha Byuroga (CPIB) tashrif buyurishdi. Davlat Xizmati Kollejidagi uchrashuvda esa davlatda bosh lavozimlarni egallab turgan davlat xizmatchilari uchun maxsus korruptsiyani oldini olish bo`yicha o`quv dasturi bilan tanishishdi.
Gonkongda O`zbekiston vakillari Korruptsiyaga Qarshi Mustaqil Komissiyaning (ICAC)  faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Mazkur Komissiya korruptsiya masalalari bilan shug`illanuvchi maxsus doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organi bo`lib, u 3ta asosiy Departamentdan iboratdir. Shu kunning o`zida delegatsiya Gonkongning Oliy Sudida ham bo`lib, ish ko`rilishi tartibi va Gonkong sud tizimi bilan tanishishdi.
Bundan tashqari Gongkongda delegatsiya Davlat Xizmati Byurosi, Advokatlar Uyushmasi hamda Adliya Departamentida (vazirlik darajasida) bo`lishdi, Departamentga yuklangan asosiy vazifalardan biri bu qonun loyihalarini ishlab chiqish va korruptsiyani oldini olish sohasida ochiqlikni ta`minlash kiradi.  
Umuman olganda, Gonkong va Singapur safari O`zbekiston vakillari ikki rivojlangan davlatning davlat sektorida korruptsiya bilan kurashish bo`yicha amaldagi qonunchiligi va amaliyoti bilan tanishishga imkon berdi. Bunda qonunchilikka kiritilgan qo`shimcha-o`zgarishlar (ma`muriy va preventiv choralar) qanday qilib davlatning yanada rivojlanishiga ko`mak berganligining sabablari o`rganildi. Safarda alohida e`tibor davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonining ochiqligini ta`minlash va davlat xizmatchilarining faoliyatini tartibga solish hamda sansalorlikni kamaytirish maqsadida tashkil etilgan maxsus davlat organlarining ishi tahlil qilindi.
Safar ishtirokchilari huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar va tegishli vazirlik va idoralar o`rtasidagi munosabatlarining tartibga solinganlik masalalari hamda bu boradagi huquqiy amaliyot bilan yaqindan tanishishdi. Bunda ish faoliyati davomida axborot-texnologiya vositalaridan foydalanishning samaradorligiga va shu bilan elektron hukumat vositalarining o`rniga katta e`tibor  berilganligiga urg`u berildi. Mazkur safar tomonlar o`rtasidagi tajriba va bilimlarning almashish imkonoyatini ham, chet ellik hamkasblar bilan  hamkorlik aloqalarini o`rnatish imkoniyatini ham berdi.
O`quv safari ishtirokchilari o`zlari ko`rgan va o`rgangan tajribalari haqida O`zbekistondagi hamkasblari bilan ma`lumot almashishi kutulmoqda.


Read more: http://www.12news.uz/uz/2013/07/08/ozbekiston-vakillari-gonkong-va-singapurning-korruptsiyaga-qarshi-ilgor-tajribalarini-organib-qaytdi/#ixzz2YWOnPZRg

Комментариев нет:

Отправить комментарий