Меню

вторник, 8 января 2013 г.

Islomiy Ibratli Hikoyalar: G'ino haqida...


Assalomu alaykum. Musiqa (g'ino) haqidagi savolingizga qo'shimcha tarzda maqola qilib mana bu ma'lumotlarni joylashtirishingiz mumkin. 
Savol: Hozirgi kunda to'ylarda chalinayotgan musiqa, karnay-surnaylarning hukmi nima? Ularni eshitganga, o'yinga tushganga, artistlarga qanday azoblar bor?
Javob: Biz musiqa masalasida avvalo mazhab ulamolarining so’zlariga murojaat qilaylik. Hanafiy mazhab ulamolari musiqa asboblarining barcha turini xarom deyishgan. Jumladan, chertib chalinadigan, urib chalinadigan, puflab chalinadigan asboblarni ular rad etganlar. Faqat to’yda, [ya’ni] nikoh to’yida chalinadigan doira bilan jangda chalinadigan do’mbiranigina halol deyishgan. Hashiyat ibnu ‘Abidiyn o’z kitobida yozadilar: Har qanday behuda ishlar, harakatlar makruhdir. Har qanday behuda ish deganda o’sha ishlarning o’zi ham va uni tomosha qilgan, eshitganlar
ham mana shu hukmga doxil bo’ladilar. Raqs bo’lsin, masxarabozlik bo’lsin, chapak chalish bo’lsin, tor chalish, tanbur chalish, barbad, rubob, qonun, surnay, chang, karnay – bularning barchasi makruhdir. Chunki bularning hammasi kofirlarning odatlaridir. Doira va surnay ovoziga quloq solib, tinglab turish va bulardan boshqalarini ham eshitish haromdir. Agar bularni qo’qqisdan, beixtiyor eshitib qolsa, uzrli bo’ladi. U eshitmaslikka harakat qilishi lozim, – deb yozadilar “Raddul muxtaar” muallifi Ibni Obidiyn.
Yana, Astaraxsiy rahimahulloh “Al-Mabsuut” kitobida yozadilar: Mana bu aytilgan ashula yoki yig’i solish, surnay chalish, do’mbira
chalish – mana shunga o’xshash behuda ishlar uchun pul to’lab, ularni yollash joiz emas. Chunki ular ma’siyatdir – ma’siyatga pul to’lab yollash botildir. Yana, Saraxsiy davom etib, bu so’zlarning oxirida nikoh to’yida chalinadigan do’mbirani esa, uning
zarari yo’q. Ya’ni unga pul to’lansa, yollansa, joiz. Takmiyatu Xashiyat Raddul Muxtar kitobida yozadilar, ya’ni bu kitobda shahodati (guvohligi) rad etiladigan odamlarni mana shu o’rinda zikr qilganlarida, jumladan, muhannaslar va aytib yig’lovchilar, azada aytib yig’lab beruvchilar, to’yda ashula aytib beruvchilar, qushlar va cholg’u asboblar bilan o’ynovchilar (mana shular - va yana), salaflarni so’kuvchilar – bular, shahodati (guvohligi) qabul qilinmaydigan odamlar qatorida sanalganlar. Mana shu aytilgan masalalar mashhur hanafiy mazhabi ulamolar tomonidan aytilgan
so’zlardir. Ammo bugungi kunda ko’pgina odamlar musiqa haqidagi so’zlarni “vahhobiylar”ning so’zi deb gapiradilar. Buni yo bilmasdan gapiradilar, yoki bila turib odamlarni chalg’itish va aldash uchun to’qib tarqatadilar.
Endi mana shu kitoblarga – hanafiy mazhabining kitoblariga – asos bo’lgan hadislarga murojaat qilamiz. Ibn Maaja rahimahulloh rivoyat qilgan mana bu hadisga e’tibor beraylik: Abu Molik Ash’ariydan rivoyat. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Ummatimdan bir guruh odamlar aroqni o’z otidan boshqacha ism bilan atab ichadilar. Ularning boshlari uzra cholg’u asboblari va ashulachi ayollar bilan bazm uyushtirishadi. Alloh ularni yerga yutqizib yuboradi va ulardan ba’zilarini maymun va to’ng’izlarga aylantiradi”.(Ibn Maaja, Ibn Hibbaan va boshqalar rivoyati; Alboniy sahih sanaganlar. ) Yana,
mana shu hadisni boshqacha iboralar bilan Imom Buxoriy ham rivoyat qilganlar.
Shu hadisning sharhida “Fat’hul Baariy” sohiblari Ibn Haajar aytadilarki,“al-ma’azif”ning ma’nosi cholg’u asboblaridir.
Yana ba’zilar ma’azifdan murod ashulalar deyishgan. Yana, shu hadisning bir rivoyatida “Alloh tog’ni ularning ustiga qulatadi” deyilgan. Ya’ni, bir guruh odamlar tog’ yonbag’riga borib bazm uyushtirishadi, musiqa chalishadi, aroq ichishadi va kechasi bilan mana shunday o’yin-kulgu qilib chiqishadi.
Tong yaqinlashganda – sahar paytida – tog’ning bir cho’qqisi qulab,
ularning ustiga tushadi va ularning bir qanchalari halok bo’ladilar.
Qolganlarini esa Alloh to’ng’iz va maymunlarga aylantiradi deyilgan. Yana, Ibn Haajar mana shu borada davom etib aytadilar: to’ng’iz
va maymunlarga aylantiriladi degan ibora haqiqatan bo’lishi mumkin. O’tgan zamondagi ba’zi ummatlarga bo’lgani kabi.Ularning
xulqlarining o’zgarishi nazarda tutilgan kinoya bo’lishi mumkin, ya’ni bir majoziy tarzda aytilgan bo’lishi mumkin bu hadis, deydilar Ibn Haajar. Lekin mening nazarimda birinchi fikr to’g’riroqdir.
Yuqoridagi hadisning siyoqi kelishi holatiga qarasangiz, birinchi ta’vil
muvofiqroq keladi deydilar. Ya’ni bu maymun yoki to’ng’izlarga aylanib qolishi bu haqiqatdan bo’lishi ehtimolga yaqin deydilar. Bu
hadisda harom bo’lgan narsaning otini o’zgartirib, uni halol qilib olish uchun qilinadigan hiyla – ana shunday hiyla qiluvchi odamlarga nisbata qattiq bir va’iyd, ya’ni qattiq azoblar aytilganligini anglash kerak deydilar.
Narsalarga chiqariladigan hukm asli mohiyatga qarab, illatga,
sababga qarab bo’ladi, zohiriga qarab emas. Aroqning harom qilinishining illati, sababi mast qilish jihatidir. Ana shu mast qilish jihati nima narsada topilsa, uning oti aroqmi, boshqami nima bo’lishidan qat’iy nazar, mast qiluvchilik sifati-hislati bo’lsa, u harom bo’ladi. Ana shunga ko’ra, insonlarni yo’ldan adashtiradigan, ularni xuddi aroq kabi hayollarini buzadigan, ahloqlarini buzadigan, boshqa narsalar ham harom bo’ladi, deb masalaning bu jihatiga ham e’tibor berib ketganlar. Shayx Alboniy (rahimahulloh) mana shu mavzudagi hadislarning sharhida aytadilar: “G’inaa” – “ashula”ning barchasi harom deb aytilmaydi. Balki ularning ichlaridan ayollarning qad-qomati, ularning harakatlari va boshqa shunga o’xshagan narsalarni ta’riflagan ashulalar bo’lsa, ular qat’iy xaromdir. Ammo o’shanday harom narsalardan holi bo’lgan ashula bo’lsa, uning ko’pi makruhdir, ya’ni shunga berilish yaxshi ish emas – makruh. Ammo cholg’u asboblari esa, ular haromdir. Cholg’u asboblarining harom
deyilganiga sabab, payg’ambar (s.a.v.) ning mana bu hadislaridir, deydilar. Mening ummatimdan shunday bir qavmlar paydo bo’ladilar. Ular zinoni va ipak kiyimni, aroqni va cholg’u asboblarini halol sanaydilar, ya’ni halol qilib olgan bo’ladilar, -- degan hadisni Imom Buxoriy ta’liq tarzida rivoyat qilganlar, Abu Dovud va boshqalar esa sahih sanad bilan rivoyat qilganlar. Demak, mana shu yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qilamizki, musiqasiz yoki faqat do’mbira va doira bilan aytilgan ashulalarni tinglash mumkin. Doirani nikoh to’yida ayollar chalishadi. Do’mbirani esa qadimda jang paytida erkaklar chalishgan. Vallohu a’lam, vas-salaamu ‘aleikum va rohmatullohi va barokatuh.

Комментариев нет:

Отправить комментарий