Меню

вторник, 29 января 2013 г.

Gulruxsora Xudayberdiyeva: Yo'qotish shartmi?


Azizlar, sizga erkalik yo injiqlik qilayotgan insonni koyib ko'ksidan itarishdan avval bir o'ylab ko'rganmisiz:

siz u uchun eng yaqin inson ekansizki, erkalik-u injiqliklarini sizga ko'rsata olyapti. Qani aytingchi, kim begonaga yoki yuragiga begona bo'lgan tanishiga injiqlik, erkalik qila oladi???

Hayotda shunday insonlar bo'ladiki, bir umr hech kimga ichki olamini, asl go'zallik, jozibasini namoyon etmaydi. Faqat sizga ochiladi bu simsim. Atrofdagi minglab insonlar bir umr ko'ra olmaydigan olamni faqat sizgina ko'ra olasiz... Bu olamni ochishga, unda yashiringan xazinaga erishishga uringanlar orasidan siz ustun keldiz. Sizga nasib etdi bu baxt.
Nega endi baxtizdan tonasiz? 
Yo to'qlikka sho'xlikmi?
Nimanidir qiymatini bilish uchun uni, albatta yo'qotishingiz shartmi...?!

Комментариев нет:

Отправить комментарий