Меню

среда, 23 октября 2013 г.

Америка мактабларида яна отишма содир булди,халок булганлар хам бор


Стрельба в начальной школе в США: погибли 27 человек, в том числе 18 детей

Reuters xabar berishicha, noxush voqea sabab bir o‘qituvchi halok bo‘lgan, ikki o‘quvchi esa jarohatlangan. O‘q uzgan bola shu maktab o‘quvchisi bo‘lib, o‘zini ham o‘ldirgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u kutilmaganda yonidan qurol
chiqarib o‘quvchilardan biriga o‘q uzgan, so‘ng bir o‘qituvchini ham otib qo‘ygan. O‘qituvchining ismi Maykl Lendsberri bo‘lib, u matematika fanidan dars bergan. Berilayotgan ma’lumotlarda o‘qituvchi o‘q otayotgan o‘quvchiga to‘sqinlik qilaman deb halok bo‘lganligi hamda uning AQSh milliy gvardiyasida xizmat qilganligi aytilmoqda.
Yana bir guvohning so‘zlashicha, qurol ushlagan o‘quvchi o‘q uzishdan avval, “Nega hammangiz meni tahqirlaysiz, nega ustimdan kulasiz?”, – deb aytgan.
Mahally matbuotning xabar berishicha, maktab hafta oxirigacha yopilgan.
Ta’kidlash joiz, Amerika maktablarida so‘nggi vaqtlarda bu kabi otishmalar birinchi marta sodir bo‘lishi emas. Shu yilning 10-yanvar kuni Kaliforniyadagi maktablarning birida bir o‘quvchi ikki kishini jarohatlagan. 1-fevral kuni Atlanta shahridagi maktablarning birida esa o‘quvchi boshqa bir hammaktabining boshiga o‘q uzgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий