Меню

воскресенье, 16 декабря 2012 г.

Islomiy Ibratli Hikoyalar


Uyning eshigi taqillaganida, keksa ayol kuchsiz holda eshik tomon yaqinlashdi. Kelgan ikki mehmon o`g`lining harbiy xizmatdagi o`rtoqlari edi. Har ikkisi ham salom-alik qilishgach, novcharoq yigit so`z boshladi: - Unchalik ko`p vaqtimiz yo`q edi, onajon. Bir soatga ruxsat olib, duoingizni olib ketgani keldik. Ayol, hijolat bilan: - Unaqasi ketmaydi, - deb qarshilik bildirdi. Sizlarni dasturxonga taklif etmay qo`yib yubora olarmidim? Ayolning bu so`zlari turmush o`rtog`i va o`g`li tirik paytlarida o`rganib qolgan ko`nikmalar asosida og`zidan chiqqan edi. Hozir nima bo`lishini o`zi ham bilmasdi. Ikkinchi harbiy askar soatiga bir qarab qo`ydi va o`ylanibgina:  - Xo`p onajon, - deb javob berdi. Qornimiz To`q, ammo ikkitadan tuxum pishirib bersangiz, yo`q demasdik.  Yigitcha bu so`zlarni onaxonga zahmat yetkazmaslik uchun aytgan edi. Kirayotganda bog`da o`tlab yurgan tovuqlarni ko`rgani uchun, bu ish onaxonga og`ir kelmasa kerak, deb o`ylagan edi. Aslida esa, bu tovuqlar oxirgi kunlarda ikkitadangina tuxum qo`ygani va uyda boshqa yegulik yo`qligini u qayerdan ham bilsin...  Keksa ayol oshxona tarafga yurar ekan, uyiga kelgan ikki askar bilan xizmat qilgan o`g`li dushman o`qidan halok bo`lganini esladi. U ham xuddi do`stlari kabi qovurilgan tuxumni juda yoqtirardi.  Ayol qo`llari titragan holda tuxumlarni chaqar ekan, o`zining faqirona hayotini kelgan mehmonlarga bildirgisi kelmasdi. Yigitlar ikkitadan aytishdi, lekin idishlarida bittadan tuxumni ko`rib nima deb o`ylashadi?  Keksa ayol boshqa hech narsani o`ylay olmadi. Ayanchli holiga pushaymon bo`lib turib qoldi. Biroq tavakkal qilib sindirgan tuxumlarini ko`rganida, uning yuziga tabassum yugurdi.  Ne ko`z bilan ko`rsinki, har ikkala tuxumning sarig`i ikkitadan edi...   Manbaa: muallim.uzUyning eshigi taqillaganida, keksa ayol kuchsiz holda eshik tomon yaqinlashdi. Kelgan ikki mehmon o`g`lining harbiy xizmatdagi o`rtoqlari edi. Har ikkisi ham salom-alik qilishgach, novcharoq yigit so`z boshladi: - Unchalik ko`p vaqtimiz yo`q edi, onajon. Bir soatga ruxsat olib, duoingizni olib ketgani keldik.
Ayol, hijolat bilan:
- Unaqasi ketmaydi, - deb qarshilik bildirdi. Sizlarni dasturxonga taklif etmay qo`yib yubora olarmidim?
Ayolning bu so`zlari turmush o`rtog`i va o`g`li tirik paytlarida o`rganib qolgan ko`nikmalar asosida og`zidan chiqqan edi. Hozir nima bo`lishini o`zi ham bilmasdi.
Ikkinchi harbiy askar soatiga bir qarab qo`ydi va o`ylanibgina:
- Xo`p onajon, - deb javob berdi. Qornimiz To`q, ammo ikkitadan tuxum pishirib bersangiz, yo`q demasdik.

Yigitcha bu so`zlarni onaxonga zahmat yetkazmaslik uchun aytgan edi. Kirayotganda bog`da o`tlab yurgan tovuqlarni ko`rgani uchun, bu ish onaxonga og`ir kelmasa kerak, deb o`ylagan edi. Aslida esa, bu tovuqlar oxirgi kunlarda ikkitadangina tuxum qo`ygani va uyda boshqa yegulik yo`qligini u qayerdan ham bilsin...
Keksa ayol oshxona tarafga yurar ekan, uyiga kelgan ikki askar bilan xizmat qilgan o`g`li dushman o`qidan halok bo`lganini esladi. U ham xuddi do`stlari kabi qovurilgan tuxumni juda yoqtirardi.
Ayol qo`llari titragan holda tuxumlarni chaqar ekan, o`zining faqirona hayotini kelgan mehmonlarga bildirgisi kelmasdi. Yigitlar ikkitadan aytishdi, lekin idishlarida bittadan tuxumni ko`rib nima deb o`ylashadi?
Keksa ayol boshqa hech narsani o`ylay olmadi. Ayanchli holiga pushaymon bo`lib turib qoldi. Biroq tavakkal qilib sindirgan tuxumlarini ko`rganida, uning yuziga tabassum yugurdi.
Ne ko`z bilan ko`rsinki, har ikkala tuxumning sarig`i ikkitadan edi...
Manbaa: muallim.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий