Меню

суббота, 2 ноября 2013 г.

Пулни Яхши Курасизми ?




“Ha” deb javob beruvchilar shoshilmang!

Pul bu baxtmi? Ko’pchiligingiz o’ylayotgan bo’lishingiz mumkin – “Bu siyqasi chiqqan mavzuku” – deb. To’g’risini aytganda, haqiqatdan ham bu shunday mavzu. Shu mavzu yuzasidan baxs-munozara yuzaga kelgan ko’pgina
davralarda,  odatda, har ikki tomon ham deyarli quida keltirmoqchi bo’lgan gaplarimni ishlatishadi. “Ha” –  deb javob beruvchilar – “Tasavvur qil oilalisan, sarf-harajatlaring ko’p. Buni ustiga daromading yahshi emas. Tirikchilkka zo’rg’a non topasan. Qanday qilib o’zingni baxtli hisoblaysan?” – kabi qarshi tomon uchun javob topish qiyin bo’lgan masala tashlashsa, ”Yo’q” – deb javob beruvchilar – “Hayotda qanchadan-qancha puli ko’p insonlarning farzandi yo’q. Yoki, oilasidan tinchlik yuz o’gurgan. Qani o’zing o’ylab ko’r. Pul qanday qilib baxt bo’la oladi?” – mazmundagi masala qo’yishadi. Bugun men ko’pchiligimiz baxs munozara davomida ishlatgan va juda ko’p marta chaynalgan yuqoridagi gaplarga o'xshash gaplarni yozmoqchi emasman. Shunchaki, bu savolga sal boshqacharoq yondoshmoqchiman.
Avvalo pul nima ekanligi haqida so’z yuritsak. Pul – bu moddiy ehtiyojlarni qondiruvchi vosita. U har-xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Lekin bajaradigan vazifasi bitta. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, pul – bu vosita.

Endi baxt haqida so’z yuritsak. Baxt nima deyilganda juda ko’plab turdagi javoblarni olishimiz mumkin. Kimdir baxtni oilada, kimdir mol dunyoda, kimdir iymonda deydi. Javoblarning safini anchagacha davom ettirish mumkin. Bundan xulosa kelib chiqadiki baxt – bu keng ko’lamli tushuncha. Unga turli bilimli, turli dunyoqarashli insonlar turlicha javob berishadi.

Baxt haqida donolar shunday deydilar:

“Minglab shamlarni bir sham bilan yoqish mumkin, buning oqibatida hayot shami hech qachon kamaymaydi.Baxt ham ulashish orqali hech qachon kamaymaydi.” – Budda.

“Kishining o’zidan quvonishidan haqiqiy baxt hosil bo’ladi” – Josef Addison.

“Baxt o’zimiz bilan chambar–chas bog’liqdir” – Aristotel.

“Baxt hayotdagi juda ham oson narsa,siz uni topishingiz mumkin, agar vaqt ajrata olsangiz va qidirsangiz” – Jorj Bernard Show.



Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki: Pul baxt bilan hech qachon tenglasha olmaydi. U kimlar uchundir baxtga eltuvchi vosita holos. U orqali o’sha insonlar baxtli bo’lish mumkin deb o’ylashadi. Aslini olganda esa u moddiy vositadan boshqa hech narsa emas.

Baxt esa mening nazarimda  – bu musulmon bo’lib tug’ilish, dunyoda kimgadir kerak ekanligingni his qilib yashash, sog’lik tinchlik va hotirjamlik. Ana o’sha narsalarga ega bo’lgan insonni baxtli deb bilaman. O’tgan kunim sarxisobi kelgan payda esa o’zimga savol beraman. Men bugun biror bir narsadan hafa bo’ldimmi? Dil hiralik hoh menga nisbatan hoh boshqalarga nisbatan sodir bo’ldimi?  “Yo’q” javobini olsam o’zimni baxtli ekanligimga ishonch hosil qilaman. Mol dunyo ketidan quvish esa – umirni bekorga sarflashdan boshqa narsa emas ekanligini takrorlayman.

Ko’pchiligimiz ish, o’qish va shunga o’hshash sabablar tufayli yaqinlarimiz, ota–onamiz, do’stlarimizdan xabar olishni unitib qo’yamiz. Boshqacharoq qilib aytganda,yugurayotganlarga qo’shilib yuguramiz. Ko’zlagan manzilimiz boylik, mansab yokiboshqa ko’rinishda bo’ladi. Lekin baxtimiz ana o’sha insonlar bilan bog’liq ekanligi yodimizdan ko’tariladi. Bu esa bizning baxtsizligimiz sari qo’yilgan qadam ekanligini anglay olmaymiz, yoki anglasakda diydor sari borishga qarshi, o’zimizda bahonalar axtaramiz. Bahonalar davom etaveradi, davom etaveradi, biz esa uzoqlashaveramiz,uzoqlashaveramiz…

Yuqoridagi fikrlarga qarshi fikrlaringiz paydo bo’lishi mumkin. Balki men aytayotgan baxt sizga mos emasdir. Lekin bu bir insonning qarashlari deb qabul qilasiz. Xulosa chiqarish esa o’zingizga havola. Fikrlar bo’lsa o’rtoqlashish yodingizdan ko’tarilmasin!Dardlashamiz…

Комментариев нет:

Отправить комментарий