Меню

четверг, 14 ноября 2013 г.

Янги кинотеатр ва Наво каналлари ишга тушди деб ёзади

Avval xabar berganimizdek, “Toshkent” telekanali bazasida tashkil qilingan musiqiy “Navo” va “Yoshlar” qoshidagi kino mavzusiga bag‘ishlangan “Kinoteatr” kanallari bugun 17:00 da efirga chiqishni boshladi.
“Kinoteatr” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
“Kinoteatr” telekanalidan lavha.

“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
Dastlabki ish kunini “Kinoteatr” va “Navo” telekanallari 17:00 da boshlab 23:00 gacha davom ettirishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak telekanallarning barchasi o‘z ko‘rsatuvlarini raqamli formatda namoyish qiladi. Telekanallarni tomosha qilish uchun tomoshabin raqamli televideniye abonenti bo‘lishi shart.
“Kinoteatr” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
“Kinoteatr” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
O‘zMTRKdagi ishonchli manbalarimizning ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston” telekanali bazasida “Oilaviy” kanali, “Madaniyat va Ma’rifat” qoshida respublikadagi barcha viloyatlar hayotiga oid ko‘rsatuvlarni uzatish bilan shug‘ullanuvchi “Hududlar” telekanallarini ishga tushirish ustida izchil ish olib borilmoqda va kanallar yaqin kelajakda ishga tushadi.
“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
Yangi telekanallar ochilishi haqida boshqa OAVlar bergan xabarlarda kanallar 18-noyabr kuni ishga tushishi, nomi “Kino olami” va “Navolar sadosi” bo‘lishi ta’kidlangan edi. Bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
“Navo” telekanalidan lavha. Foto: Daryo
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir yil ichida O‘zMTRK tasarrufida turli mavzulardagi telekanallar soni ko‘payib bormoqda. 2013-yilning yanvarida “Madaniyat va Ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, 2013-yilning yozida “Bolajon” telekanali (“Yoshlar” telekanali qoshida) o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Manba: http://daryo.uz/2013/11/14/yangi-kinoteatr-va-navo-telekanallari-ishga-tushdi/

Комментариев нет:

Отправить комментарий